×
Menu
Close Menu

Turkiyani Sogʻliq bilimlari Universiteti bilan hamkorlikda urologiya va xirurgik bemorlarni davolash boʻyicha konferensiyasi oʻtdi


 28-29-aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Turkiya Respublikasi “Sogʻlik bilimlari universiteti” delegatsiyasi akademik mobillik dasturi bilan tashrifi amalga oshirildi.

  Mazkur tashrif doirasida 1-son davolash fakulteti urologiya va tibbiy pedagogika, xalq tabobati va OHI fakulteti umumiy xirurgiya kafedralari tomonidan SamDTU koʻp tarmoqli klinikasida professor-oʻqituvchilar, klinika xodimlari va talabalar ishtirokida “Urologiya va xirurgik bemorlarni davolashning zamonaviy jihatlari” ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

  Konferensiyada Turkiyani Sogʻlik bilimlari universiteti Urologiya kafedrasi professori Dr. Ahmet Yaser Musulmanoʻgʻli, Dr. Nurettin Cem Coʻnmaz va dotsenti Dr. Serdar Arisanlar maʼruzalar qildilar. Chiqishlarda zamonaviy urologiya va xirurgiyani masalalari, bemorlarni davolash boʻyicha ilgʻor tajribalar va eng zamonaviy usullar oʻrin oldi. Ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirokchilar tomonidan barcha berilgan savollarga notiqlar batafsil javoblarni qaytardilar.

  Anjuman yakunida Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan Turkiya Respublikasi “Sogʻlik bilimlari universiteti” vakillariga qilingan maʼruzalar uchun minnatdorchiliklar bildirildi.

SamDTU matbuot xizmati