Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUga Gyongbuk Milliy universiteti delegatsiyasining tashrifi (Koreya Respublikasi)

  25 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Kenbuk Milliy universitetining Chilg‘oq klinikasi Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari bilan ishlash sektori rahbari Son Xe Ryong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Geongbuk Milliy universitetining Chilgok klinikasi ilmiy salohiyati bo‘yicha eng kuchli tibbiyot muassasalaridan biri sifatida har yili dunyoning 15 davlatidan 80 dan ortiq xorijiy tibbiyot stajyorlari bilan tibbiyotni rivojlantirish, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qiladi. Shifokorlar, hamshiralar, klinik tadqiqotlar bo‘yicha mutaxassislar, reabilitatsiya terapevtlari va sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘yicha mutaxassislar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari mavjud. Kyungbuk Milliy Universiteti Chilgok klinikasining har bir bo‘limi o‘z o‘quv dasturini taklif qiladi.

  Delegatsiya aʼzolarini universitet rektori Jasur Rizayev qabul qildi. Do‘stona ruhda o‘tgan muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning holati va yo‘nalishlari, aloqalarni faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi. Chilg‘oq klinikasi vakillari samimiy qabul uchun minnatdorchiliklarini bildirib, SamDTU bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekkanliklari taʼkidlab o‘tdilar.

  Muzokaralar yakunida delegatsiya aʼzolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati