25 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 3-son talabalar turar joyida tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti, yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamkorligida yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta tashabbus bo’yicha tadbir tashkil etildi.
Uning davomida talaba yoshlarni turli ijodiy ko’nikmalarini ro’yobga chiqarish, chizmachilik noan’aviy yondashuv, kreativlik bo’yicha qobiliyatlarini namoyon qilish bo’yicha turli tanlovlar va musobaqalar o’tkazildi.
Tadbir so`ngida g`oliblar aniqlanib, faxrli o`rinlarni qo`lga kiritgan ishtirokchilar esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.
SamDTU matbuot xizmati