×
Menu
Close Menu

"SPORT-SOGʻLOM HAYOT KAFOLATI” shiori ostida mahallalar hamkorligida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

  Xotin qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, sport toʻgaraklariga yanada koʻproq jalb qilish maqsadida xotin qizlar kengashi tashabbusi bilan SamDTUda Samarqand shahrining universitet hududiga yaqin joylashgan G.Jamshid va X.Yusuf MFYlari, 2-son davolash ishi fakulteti hamda Akademik litsey xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida “SPORT — SOGʻLOM HAYOT KAFOLATI” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqalarda jamoalar sportning shaxmat, shashka, arqon tortish turlari va savatga tup tashlash shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

  Musobaqalarda jamoalar sportning arqon tortish, shaxmat va shashka turlari va masofadan savatga toʻp tashlash, belgilangan masofaga toʻpni harakatlantirish holda yetib borish shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

  Qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtgan musobaqalar yakunida

  1-oʻrinni 2-Davolash fakulteti

  2-oʻrinni Akademik litsey

  3-oʻrinni Gʻ.Jamshid MFY jamoalari qoʻlga kiritishdi,gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

  “Men yeshligimdan sport bilan shugʻullanaman va bugungi kunda 5 kmgacha masofaga piyoda yuraman, sogʻligʻimdan shikoyatim yo'q”- deydi musobaqa ishtirokchisi va gʻolibasi G.Jamshid MFY fuqarosi 75 yoshli Xalima onaxon.

  Darhaqiqat, sportning salomatligimizni mustahkamlashda, uzoq umr kurashda oʻrni katta boʻlib, barchani shugʻullanish uchun yaratilgan sharoitlardan toʻgʻri foydalanishga chorlab qolamiz!