Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilmoqda

  Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusdan biri aynan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyishdan iborat. Mazkur yoʻnalishda Samarqand davlat tibbiyot universitetida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

  7-aprel kuni SamDTUda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida pediatriya fakulteti tashabbusi bilan talabalar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda pediatriya, stomatologiya, xalqaro taʼlim fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tillar, pedagogika-psixologiya va Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedralari jamoalari hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

  Davra suhbati davomida talabalar tomonidan Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari muhokama qilindi. Muhokama yakunida adiblarning ham asari oʻz davri nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega nodir asarlar ekani va ular bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganligi taʼkidlab oʻtildi.





SamDTU matbuot xizmati