Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

  Joriy yilning 7-aprel sanasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida professor-oʻqituvchilar hamda klinik ordinatura rezidentlari oʻrtasida “DEO/XTTlarning Internet orqali oʻz taʼsirini kengaytirishga urinishlari va ularga qarshi kurashish choralari”, “Yoshlarni diniy aqidaparastlik oqimidan saqlash va missionerlik bilan kurashish” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

  Tadbirni SamDTU klinik (oʻquv) bazalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi U.Poʻlatov kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda bu masala yuzasidan universitetda doimiy ravishda tadbirlar oʻtkazilib kelinayotgani, taʼlim muassasalarida “Yoshlarni diniy aqidaparastlikdan saqlash va unga qarshi kurashish” targʻibot tadbirlarining oʻtkazilishi, yoshlarni ilm-fan va kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy samara berayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

  Uchrashuvda universitetni rektor maslahatchisi E.Aripov ham soʻzga chiqib, diniy ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlarining isyonkor gʻoya va mafkuralari haqida tushunchalar berdi. DEO va XTTlar ayniqsa, bugungi kunda buzgʻunchi gʻoyalarini asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelinayotganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

  Uchrashuv ishtirokchilari uchun mavzuga doir videoroliklar namoyish etilib, bugungi kunda mamlakatimizda yoʻlga qoʻyilgan konstitutsion tizim va yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda yuqoridagi oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan saqlanishga chaqirildi.





SamDTU matbuot xizmati