6-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi binosida professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun “Hayotimiz ranglarda!” shiori ostida psixologik-motivatsion aksiya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad universitet yoshlari va xodimlariga yaxshi kayfiyat ulashish, pozitivlikni uygʻotish hamda tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish kabi xislatlarni shakllantirish, shuningdek insonlarning yashashdan maqsadini anglashiga koʻmaklashishdan iborat edi.
Aksiya davomida suratlar koʻrgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar oʻzlarining dunyoqarashini chizgan suratlarida, ranglarda aks ettirdilar. Tashkil etilgan musiqiy dasturlar ham hammaga xush kayfiyat ulashdi.
SamDTU matbuot xizmati