×
Menu
Close Menu

​“Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli tadbir oʻtkazildi

  Bugun, Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya — meniki, sizni va barchamizniki!” shiori ostida, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan “Yoshlar va Konstitutsiya” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda 4000 dan ortiq talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

  Tadbirda Konstitutsiyaga inson qadri uchun qilinayotgan oʻzgarish va qonuniy yangiliklar haqida, shuningdek, referendum oʻtkazish tartibi boʻyicha huquqiy tushunchalar yigʻilganlarga taqdim etildi.

  Bundan tashqari, iqtidorli talaba yoshlar tomonidan konsert dasturi, xalqaro ta’lim fakultetining talabalari tomonidan kuy-qo’shiq, raqs chiqishlari, shuningdek, ilm-fan, sport va sanʼat yoʻnalishlarida yuqori choʻqqilarni zabt etgan yoshlar tomonidan oʻz tengdoshlariga qarata viqor va gʻurur bilan aytgan soʻzlari tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.



SamDTU matbuot xizmati