×
Menu
Close Menu

​SamDTU va “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  24 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi” bilan hamkorlik memorandumini imzolash marosimi oʻtkazildi.

  Uchrashuvda chiqish qilgan SamDTU rektori Jasur Rizayev “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi” bilan hamkorlik universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarini huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

  Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi” direktori Azamat Egamberdiyev va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev tomonidan imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil qilish sohalarida oliy va professional taʼlimni, ilm-fan xamda ilmiy faoliyatni boshqarish tizimini rivojlantirishga, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qiladi.


SamDTU matbuot xizmati