Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda Navroʻz bayrami shodiyonalari

  21 mart kuni mamlakatimizga bahor va yangilanish, mehr va oqibat bayrami Navroʻz kirib keladi.

  Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarori bilan 21 mart — Xalqaro Navroʻz kuni, tinchlik va bagʻrikenglik ramzi sifatida keng nishonlanadi. Bepoyon Vatanimizning voha va vodiylari, shahar va qishloqlari, bogʻ va maydonlarida el-yurtimiz katta shodu xurramlik bilan Navroʻz sayillarini oʻtkazadi.

  Bu yili ham Samarqand shahrida bayram tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida boʻlib oʻtdi. Tantanalarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi faol ishtirok etishdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi uchun Navroʻz tantanalari erta tongdan bayram dasturxoni bilan boshlandi. Barcha ishtirokchilarni universitet rektori Jasur Rizayev bayram bilan iliq tabrikladilar. Milliy kuy-qoʻshiqlar, betakror raqslar, oʻzbek milliy taomlari va liboslari namoyishi haqiqiy bayram shukuhini yaratdi. Tantalarar ishtirokchilariga SamDTU xalqaro taʼlim fakulteti xorijiy talabalarni milliy kiyimlarda chiqishlari alohida taʼsirot qoldirdi. Anʼanaga koʻra barcha ishtirokchilarga bayram oshi tarqatildi.

  Viloyat va shahar hokimligi vakillari, mehnat faxriylari va Samarqand shahriga tashrif buyurgan turistlar bayram tadbirlarini mehmonlari boʻldilar.

  Har kuningiz Navroʻz boʻlsin, aziz yurtdoshlar!




SamDTU matbuot xizmati