Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet rektori koreyalik talabalar bilan uchrashdilar

  18 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayevni, xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Ergashev, fakultet tyuterlari va koreyalik talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda SamDTUda oʻqishda duch kelayotgan muammolar, talabalarni yetuk mutaxassis boʻlishda kerak boʻladigan barcha sharoitni taʼminlab berish hamda Davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik borasida suhbat olib borildi.

  Uchrashuv soʻngida barcha xorijiy talabalar bayram bilan tabriklandilar va 21- mart kuni Samarqand shahrida boʻladigan Navroʻz bayramiga taklif qilindilar.

  Uchrashuvda xorijlik talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javob va maʼlumotlarni oldilar, shuningdek universitet rahbariyatini xorijlik talabalar bilan uchrashuvlarni muntazam oʻtkazilish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati