Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari oʻrtasida “Erta nikohning salbiy oqibatlari hamda zoʻrovonlikga qarshi kurashish” boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi

  18 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosida “Erta nikohning salbiy oqibatlari hamda zoʻrovonlikga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, pediatriya fakulteti tyutorlari va 150 talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  Seminar-treningda tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, kiberxavfsizlik va uning mohiyati, kiberjinoyatchilik hamda ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish haqida keng tushunchalar berildi. Maʼruzachilar talaba-yoshlarni ogoh boʻlishga, ijtimoiy hayotda befarq boʻlmaslikka, bizning mamlakatimizda inson qadri eng oliy qadriyat ekanligi, bugungi kunda huquqiy bilimlarini har doim mustahkamlab borishi uchun yaxshi oʻqishi talabalarning eng asosiy vazifalari ekanligi tushuntirildi. Treningda mavzuga oid videoroliklar ham namoyish etildi.

  Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javob va maʼlumotlarni oldilar, shuningdek talaba-yoshlar oʻrtasida kelgusida seminar-trening oʻtkazilish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati