×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Boltiq federal universiteti Bioinjeneriya sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

  9-mart kuni Oʻzbekistondagi eng qadimiy va nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri – Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya I.Kant nomidagi Boltiq federal universitetiga (Kaliningrad, Rossiya) tashrif buyurdi.

  BFU rektori Aleksandr Fedorov bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda tomonlar bioinjeneriya sohasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni muhokama qildilar va hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Shu jumladan, 2023-2024 oʻquv yilidan “3+2” formatida “Bioinjeneriya va bioinformatika” qoʻshma ixtisoslik dasturini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi. Bunda talabalar 3 yil Samarqandda, 2 yil Kaliningradda taʼlim olishadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti BFU bilan mustahkam hamorlikga ega. Xususan, 2022-yildan buyon SamDTUda katta ilmiy salohiyatga ega Boltiq federal universitetining vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Vakolatxona tibbiy maqsadlarda axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish platformasiga aylandi.

  Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiya aʼzolari BFU simulyatsiya klinikasining yangi stomatologiya boʻlimi, suzish havzasi, yotoqxonalar, Studxaus, qurilayotgan Kantiana neo-kampusining maketini ham borib koʻrdilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasining Boltiq federal universitetiga tashrifi davom etmoqda.




SamDTU matbuot xizmati