Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Saxovat uyida bayram uchrashuvi oʻtkazildi

  8-mart Xotin-qizlar bayrami goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Dunyoda “muqaddas” degan soʻzga eng munosib zot ham – Onadir. Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.

  8 mart – xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Samarqand shahridagi Saxovat uyida bayram uchrashuvini tashkil etdilar. SamDTU Jamoat salomatligi va Sogʻliqni saqlash menejmenti kafedrasi xodimlari tomonidan “Saxovat uyi”dagi nuroniy onaxonlarimiz holidan xabar olinib, ularni bayram bilan tabrikladilar, bayramona dasturxon atrofida sovgʻalar ulashildi. Birinchi kurs talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sheʼrxonlik hamda kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, uchrashuv ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

  Tashrif soʻnggida onaxonlar mehmonlarga samimiy minnatdorchiliklar aytib mamlakatda hukm surayotgan tinchlik kunlariga shukronalik bildirdilar.


SamDTU matbuot xizmati