×
Menu
Close Menu

​Ayol — sadoqat kuchi!

  Shu mavzuda 6-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetini yangi oʻquv binosini majlislar zalida tibbiy pedagogika,oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti tomonidan 8-mart-Xalgaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbirda universitet va fakultet faol xotin-qizlari, talabalar ishtirok etdilar.

  8 mart Xotin-qizlar bayrami goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol deganda koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli oʻrganadi.

  Soʻzga chiqqanlar barcha ayol-qizlarni goʻzallik va nafosat ayyomi 8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami bilan muborakbod etib yurtimiz ilm-faniga munosib hissa qoʻshgan va hozirda faoliyat olib borayotgan olima ayollarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilaviy tinchlik xotirjamlik tiladilar.

SamDTU matbuot xizmati