6 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyatini tashabbusi bilan viloyat musiqali drama teatrida “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda universitetining maʼmuriyati, xotin-qizlar jamoasini vakillari ishtirok etdilar.
Tantanali uchrashuvni universitet rektori Jasur Rizayev ochib berdi va kelayotgan nafosat va goʻzallik bayrami munosabati bilan oʻz tabrigini yoʻlladi. Tadbirda 60 ziyod universitetning faol professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va ishchi xodimlar vakillariga bayram munosabati bilan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Uchrashuvni badiiy qismida viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlari, talaba-yoshlarning milliy va hind raqslari barcha tadbir ishtirokchilariga bayram shukuhini bagʻishladi.
SamDTU matbuot xizmatia