Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xorijlik talabalar uchun shoshilinch tez tibbiy yordam boʻyicha amaliy mahorat darslari oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini tashkil qilish maqsadida xorijlik talabalar turadigan oliygohni 4 va 5-son talabalar turar joyida “Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam“ mavzusida ingliz tilida amaliy mahorat darslari oʻtkazildi.

  Amaliy darslarda kafedra oʻqituvchilari hayotiy misollar va kritik vaziyatlarni yuzaga kelishida vrachgacha boʻlgan etaplarda birinchi tibbiy yordamni malakali tashkil etish va bajarish texnikalarini simulyator-manekenlarda bajarib koʻrsatdilar. Ustozlari koʻmagida xorijlik talabalar manipulyatsiyalarni mustaqil bajarilishlari ularga katta qiziqish uygʻotdi.

  Suhbat soʻngida barcha talabalar amaliy dars uchun oʻzlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar, shuningdek, qiziqishlari yuqori boʻlgan talabalarni “Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot” kafedrasi tarkibidagi TIJga jalb qilish boʻyicha kelishib olindi.





SamDTU matbuot xizmati