Samarqand davlat tibbiyot universiteti ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi qoshidagi “Yosh ftiziatr va pulmonolog” talabalar toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi oliygoh huzuridagi Akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yoshlarning shifokorlik kasbiga qiziqishini oshirish, ularni sogʻlom turmush tarziga keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi.
Yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish boʻyicha kirish soʻzi bilan Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi oʻqituvchisi S.A. Xoʻjaeva majlisni ochib berdi. Soʻzga chiqqan shifokor-narkolog S.L.Baimirov chekish va giyohvandlikning zarari haqida atroflicha va mazmunli maʼlumotlar berib oʻtdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga maʼlumot beruvchi video va fotomateriallar namoyish etilib, sogʻlom turmush tarzining asosiy tamoyillari boʻyicha suhbat oʻtkazildi. Talabalar va oʻquvchilar muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha mazmunli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
SamDTU matbuot xizmati