Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet talabalarini Inkubatsiya dasturida ishtirok etishlari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

  23 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar uchun bepul inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish boʻyicha IT Park xodimi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda startap gʻoyalarni ishlab chiqish va uni muvaffaqiyatli ishga tushirishga tayyorlashining asosiy masalalari koʻrib chiqildi.

  Inkubatsiya dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. mentorlik yordam;
  2. tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  3. tanlovlar;
  4. investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik.

  Shuningdek, taqdimotda viloyat va respublika miqyosida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Start-up loyihalar tanlovlari haqida maʼlumotlar berildi.


SamDTU matbuot xizmati