×
Menu
Close Menu

​Xalqaro ekspert ishtirokida neyroxirurgiya boʻyicha seminar tashkil qilindi

  Joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasida Rossiya Federatsiyasining I.M.Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti professori Vadim Gennadievich Cherepanov tashrif buyurdi va uning ishtiroki bilan seminar tashkil qilindi. Seminarda Samarqand viloyatidagi turli tibbiyot muassasalaridan neyroxirurglar, nevropatologlar, tibbiyot mutaxassislari, magistratura rezidentlari va talabalar, shu jumladan xalqaro fakultet vakillari ishtirok etdilar.

  Professor Vadim Cherepanov orqa miya neyroxirurgiyasi va ortopediya sohasida Rossiyaning yetakchi mutaxassislaridan hisoblanadi. Uning ishtirokidagi “Umurtqa va orqa miya patologiyalarining zamonaviy diagnostikasi hamda jarrohlik yoʻli bilan davolash” seminarda sohani eng soʻnggi yangiliklari muhokama etildi.

  Professor V.G.Cherepanov bilan istiqbolli qoʻshma rejalar haqida kelishib olindi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni davom masalalari muhokama qilindi.



SamDTU matbuot xizmati