Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida minifutbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida talaba-yoshlar oʻrtasida minifutbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

  Musobaqada jami 16 ta jamoa kuch sinashdilar. Turnir yakunida 5-bosqich talabalari 3-oʻrinni, 1-bosqich talabalari jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, mutlaq gʻoliblikni 3-bosqich talabalari qoʻlga kiritdi.

  Taqdirlash marosimida tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakulteti dekani Feruz Daminov, 1-son davolash fakulteti dekani Gʻayrat Lutfullayev, pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayevlar ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalarini topshirdilar va kelgusi bosqichdagi musobaqalarga omadlar tiladilar.



SamDTU matbuot xizmati