Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida voleybol bo’yicha musobaqalar o‘tkazildi

  Giyohvandlik butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Yoshlar orasida bu kabi illat bilan qarshi kurashish, sog‘lom hayotni targ‘ib qilish masalasi eng dolzarb hisoblanadi.

  15-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida sport klub tashabbusi bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida sportning “voleybol” turi bo’yicha fakultetlararo musobaqalar o’tkazildi.

  Musobaqa doirasida final bosqichida farmatsiya va 2-son davolash fakulteti talabalari kuch sinashdilar va g’oliblikni farmatsiya fakulteti qo’lga kiritdi.

  Sport musobaqalar yakuni bo‘yicha faol jamoalar va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

SamDTU matbuot xizmati