Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet TTJlarida “Boburxonlik” kechalari o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi, tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya hamda xalqaro taʼlim fakultetlari tomonidan 14-yanvar buyuk shoiri va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan 2 va 3-son talabalar turar joylarida “Shoh va shoir” mavzusida “Boburxonlik” kechalari o‘tkazildi.

  Tadbirlarda talabalar tomonidan adibning hayoti, ijodi, Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, yerlarini birlashtirish, obodonlashtirish, meʼmorchilik borasida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, adibning hayotini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etildi hamda ijodidan namunalar keltirildi. Ayniqsa xorijiy talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Bobur Mirzo va Pokiza sulton obrazlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

  Tadbirlar koʻtarinki ruhda oʻtib, qiziqarli bahs monozalarga boy boʻldi. Faol talabalar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.


SamDTU matbuot xizmati