Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ilm-fan sohasida xotin-qizlar Xalqaro kuni munosabati bilan SamDTUda tantanali anjuman tashkil qilindi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorligida “11-fevral — ilm-fan sohasida xotin-qizlar Xalqaro kuni” munosabati bilan “Ilm-fan sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish, tibbiyot va farmatsevtikada innovatsion loyihalar” mavzusida tantanali anjuman boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, rektorat va dekanatlar xodimlari, professor-oʻqituvchilar va yosh olimalar ishtirok etdilar.

  Anjumanni SamDTU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Gavhar Xudayberdieva ochib berdilar. Soʻzga chiqqan viloyat hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z.P.Raxmonova barcha ishtirokchilarni sana munosabati bilan tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari, xotin-qizlarning taʼlim olishlari, ilm-fan bilan shugʻullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirib berdilar.

  Anjumanda yosh olima-tadqiqotchilar tomonidan maʼruzalar qilinib tibbiyot va farmatsevtikada innovatsion loyihalar, kasalliklarning diagnostikasi va davolashning innovatsion usullari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar taqdim qilindi, mavzularga doir qiziqarli video lavhalar namoyish etildi.

  Tadbirda Universitetda koʻp yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator ustoz-olimalar viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasining tashakkurnomalari hamda oliygoh tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.



SamDTU matbuot xizmati