Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Navoiyni yod etib” nomli davra suhbati bo'lib o'tdi

  Bugun soʻz mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlarining 582 yilligi munosabati bilan SamDTU xotin-qizlar maslahat kengashi faollari, pediatriya fakulteti xotin-qizlar ishlari boʻyicha dekan maslahatchisi va tyutorlari tomonidan talaba yoshlar oʻrtasida “Navoiyni yod etib” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

  Tadbirda soʻz olganlar tomonidan bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va olib borgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.

  Talaba yoshlar tomonidan adib hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

  Navoiy gʻazallaridan, ruboiy va qitʼalaridan parchalar oʻqildi, ayniqsa mahorat bilan ijro etilgan Navoiy va Guli obrazlari ishtirokchilarning olqishlariga sazovor boʻlib, katta taʼsirot qoldirdi.




SamDTU matubot xizmati