Qon inson organizmidagi eng muhim elementlardan biri hisoblanib u organizmda zarur ozuqa va kislorodlarni tashish, tartibga solish hamda himoya qilish vazifalarini bajaradi. Baxtsiz hodisalar va turli kasalliklar tufayli qon yoʻqotish natijasida qon quyish zarurati paydo boʻladi hamda donorlarga ehtiyoj tugʻiladi. Donor soʻzi
Donorlikdek sharafli vazifani sogʻlom insonlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiya davom etmoqda. Universitet rektori J.A.Rizayev boshchiligida prorektorlar, klinikalar rahbarlari, dekanlar, boʻlim boshliqlari va faol talaba-yoshlar aksiyada faol ishtirok etdilar.
Tadbirda respublikamizda donorlik qoniga talabning yuqori ekanligi, donorlik qilish shartlari hamda tartib qoidalari haqida ham atroflicha toʻxtalib, uning sharafli vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.