Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

  Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻi ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va oʻquvchilar bilan gavjum boʻldi. Ushbu tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

  Buyuk mutafakkir tavalludining 582-yilligi munosabati bilan bogʻ markazida oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali poyida tadbir oʻtkazildi. Unda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi oʻrni xususida fikr yuritildi. Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi.

  Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi.

  Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Hazrat Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Shoir haykali poyiga gullar qoʻyildi.



SamDTU matbuot xizmati