×
Menu
Close Menu

​“Biz, yoshlar, giyohvandlikka qarshimiz!” uchrashuvi oʻtkazildi

  3 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetda “Biz, yoshlar, giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida talaba-yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda rektorat vakillari, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda IIV huzuridagi narkotiklarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari D.Karimov, A.Murodov, Samarqand viloyati IIB giyohvandlikka qarshi kurashish boʻlimi xodimi T.Namozovlar ishtirok etdilar.

  Chiqish qilganlar narkotik moddalarni inson organizmiga taʼsiri va uni isteʼmol qilganda keltirib chiqadigan salbiy oqibatlar, giyohvandlikni butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, bu illat nafaqat, bir davlat chegarasida, balki hududsiz, transmilliy jinoyatlardan biri ekanligi haqida aytib oʻtdilar. Haqiqatan ham bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri boʻlgan giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan shugʻullangan ayrim kimsalar daromad topish ilinjida ushbu illat domida tushib qolayotganlari, buning oqibatida oilalarda turli noxushliklar yuzaga kelayotgani haqida fikr yuritildi. Yigʻilganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etilib, bu illatning yoshlar hayotidagi salbiy oqibatlari koʻrib chiqildi

  Uchrashuv davomida talabalar oʻrtasida rasmlar tanlovi tashkil etilib, narkotik, psixotrop va giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari aks etgan suratlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

  Tadbir yakunida maʼruzachilar tomonidan bildirilgan fikrlarni universitetning barcha talaba-yoshlariga yetkazilishi haqida kelishildi.




SamDTI matbuot xizmati