Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetimiz talabalari sport musobaqalari gʻolibi boʻlishdi!

  27-28 yanvar kunlari Samarqand viloyatidagi 12 ta oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Universiada-2022” musobaqalarining 2-bosqich saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

  Musobaqalarning “Shaxmat” va “Shashka” sport turlari boʻyicha qatnashgan Samarqand davlat tibbiyot universitetining talabalari, shu jumladan 1-son davolash ishi fakultetini ikkinchi kurs talabasi Gavxar Renatova qizlar oʻrtasida “Shaxmat” sport turi boʻyicha II-oʻrinni, 2-son davolash ishi fakulteti uchinchi kurs talabasi Sardor Xaitov “Shashka” sport turida faxrli II-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

  Gʻoliblarni tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz!



SamDTU matbuot xizmati