Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU yosh neyroxirurglari Hindistonda xalqaro kongressda ishtirok etdilar

  2023 yil 19-22 yanvar kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasi mudiri M.A.Aliev va ko‘p tarmoqli klinikani neyroxirurgiya bo‘limi shifokori S.A.Mamadalievalar rahbarligida “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati faollari Walter Ye. Dandy nomidagi Jahon neyroxirurglari Assotsiatsiyasi tomonidan Hindiston Respublikasi Jaypur shahrida o‘tkazilgan 9-Butunjahon Kongressida va mikroneyroxirurgik o‘quv kurslarida ishtirok etdilar.

  Kongress dasturida jahondagi eng yetakchi neyroxirurg-professorlar, jumladan Saleem I. Abdulrauf (AQSh), Roberto Rafael Herrera (Argentina), Prof. Siddhartha Ghosh (Hindiston), Dr. Andrei Giovanni (Ruminiya), Atul Goel (Hindiston), Basant Misra (Hindiston), Anil Pande (Hindiston), Kosaku Amano (Yaponiya), Kenichiro Kukuta (Yaponiya) kabi neyroxirurgiya sohasining mashhur vakillari qatorida SamDTU delegatsiyasi vakillari ham ma’ruzalar bilan faol qatnashdilar. Universitet delegatsiyasi vakillari kongress doirasida tashkil etilgan “Ekstra-intrakranial qon tomirlarida mikroanastomoz hosil qilish”, “Mikroneyroxirurgik choklar qo‘yish” kabi amaliy trening-o‘quv kurslarida qatnashib xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

  Talabalar ilmiy jamiyatining a’zolari, jumladan Mamadalieva Bahora (1-kurs klinik ordinator), Xolmurodova Hulkar (2-davolash fakulteti, 5 kurs, 520-guruh), Quvondiqov Qosim (1-davolash fakulteti, 5 kurs, 519-guruh), Gadoev Rinat (pediatriya fakulteti, 4 kurs, 409-guruh), Xolmurodov Odilbek (pediatriya fakulteti, 4 kurs, 423-guruh), Abdunazarov Shohzod (pediatriya fakulteti, 4 kurs, 422-guruh), Saidmurodov Mahmudali (1-davolash fakulteti, 3 kurs, 328-guruh)larning ilmiy ishlari “Walter Ye. Dandy” nomidagi Jahon Neyroxirurglari Assotsiatsiyasi tomonidan yuqori baholandi va quvonarlisi, ularga kongressda ishtirok etish borasida xarajatlarni qoplab beruvchi talabalar grantlari berildi.

  Shuningdek, Kongressda SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va uning qoshidagi “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyatini “Walter Ye. Dandy” nomidagi Jahon Neyroxirurglari Assotsiatsiyasiga qabul qilish, universitetda “Dandy” talabalar neyroxirurgiya klubini ochish hamda Hindiston Neyroxirurglari Assotsiatsiyasi bilan ilmiy va amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.



SamDTU matbuot xizmati