×
Menu
Close Menu

​SamDTU klinikasi mutaxassislari Jomboy tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazdilar

  Hozirgi kunda aholini salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, joylarda sifatli birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish hozirgi kunda tibbiyot sohasini isloh etish borasidagi islohotlarni mazmunidir.

  Shu maqsadda Samarqand davlat tibbiyot universitetini ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi bosh vrachi, professor J.A.Shamsiev boshchiligida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi joriy yilni 21 yanvar kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi.

  Tibbiy koʻrik davomida asosiy eʼtibor xirurgik kasalliklar va tugʻma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruh tarkibidagi urolog, bolalar jarroxi, pediatr va reanimatologlar jami 85 ga yaqin bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar. Koʻrik paytida 30 ta turli xirurgik kasalliklari boʻlgan bemor bolalar aniqlandi va ularga ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida sogʻlomlashtirish tavsiya etildi. Shuningdek tuman aholisi vakillariga sogʻlom turmush tarzi boʻyicha kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

  Samarqand davllat tibbiyot universiteti klinikalari malakali mutaxasislarini joylardagi tibbiy koʻriklarm muntazam davom etmoqda.



SamDTU matbuot xizmati