×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari “Maʼrifat maydoni”da kuch sinashdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad – talaba-yoshlarni kitob va adabiyotga hamda sanʼatga qiziqishlarini oshirish shuningdek, yoshlarni maʼrifatparvarlik ruhida kamol toptirishga. Boʻlib oʻtgan tanlovda tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti talabalari oʻrtasida oʻtkazildi.

  Tanlovda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari nomzodi, “Ulugʻbek Vorislari” gazetasi bosh muharriri Jumagul Suvonova, SamDTU ARM direktori D.Z.Mansurova, tillar kafedrasi assistenti N.Sharipova, N.Butayevalar ishtirok etib talablar bilimini baholab bordilar. Yoshlar orasida atoqli maʼrifatparvar adiblarimizning boy ijodiy va ilmiy merosini keng targʻib qilish, ularning davlatimiz tarixi hamda adabiyotiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda talaba yoshlar faol ishtirok etib oʻzlarining bilimlarini namoyon etdilar.

  “Maʼrifat maydoni” tanlovni yakuni boʻyicha qiziqarli va munozarali kechgan tanlovda yuqori ballarni qoʻlga kiritgan jamoalar taqdirlandilar.




SamDTU matbuot xizmati