×
Menu
Close Menu

Universitetda “Yoshlar turizmi haftaligi” o'tmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilar va talabalar yoshlar uchun taʼtil vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, nogironligi boʻlgan talabalarning sayohat qilishi uchun barcha zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

  4-yanvar kuni Universitet farmatsiya fakultetining faol talabalari hamda kam taʼminlangan oila farzandlari uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi. Samarqandning noyob meʼmoriy obidalari va barpo etilgan madaniy-maʼrifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad koʻtarayotgan binolarni tomosha qilar ekan, koʻhna va hamisha navqiron shahar deya taʼrif beriladigan Samarqandning oʻtmishi qanchalik buyukligidan, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilgan oʻzgarishlar uning shuhratini yanada oshganligiga guvoh boʻldilar. Asosiysi, tarixi boy, kelajagi buyuk Oʻzbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanligidan faxrlandilar.

  Sayohat davomida talaba yoshlar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari toʻgʻrisida katta taassurotlarga ega boʻldilar.



SamDTU matbuot xizmati