×
Menu
Close Menu

​Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Yangi yil bilan tabriklandi

  Yaqinlashib kelgani Yangi 2023-yil barcha uchun yangi umid, quvonch va shodlik bayramidir.

  Bayram yaqinlashayotgani munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi Samarqand shahridagi viloyat bolalar uyiga tashrif buyuradilar. 1-son davolash fakulteti dekanati tashabbusi bilan fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O. Zaripov, tyutorlar hamda talabalardan iborat guruh bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalarni yangi yil bilan tabrikladilar. Bolalar qalbida oʻzgacha shodlik va koʻzlarida quvonch uygʻotildi.

  Tashrif davomida bolalarga bayram shukuhini ulashuvchi tabriklar hamda sovgʻalar topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati