Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU faol talabalari “Osstem” kompaniyasi tanlovini gʻolibi boʻldilar

  21 dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti va “Osstem” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) hamkorligida tashkil etilgan tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

  Marosimda SamDTU rektori Jasur Rizayev va “Osstem” kompaniyasining Oʻzbekiston boʻyicha ijrochi direktori janob Mun J.X. ishtirok etdilar. Stomatologiya fakulteti 5 kurs talabalaridan 10 nafar, 4 kurs talabalaridan 5 nafar xamda klinik ordinator va magistrlar orasidan 5 nafar, jami 20 nafar gʻoliblarga maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalarga “Ogʻiz boʻshligʻi jarrohligi va dental implantologiya” kafedrasida tashkil etiladigan amaliy kursga ishtirok etish uchun maxsus yoʻllanma topshirildi.






SamDTU matbuot xizmati