×
Menu
Close Menu

SamDTUda “Xirurgiyada yuqori texnologiyalar» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  2022-yil 14-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Xirurgiyada yuqori texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishi boshlandi. Anjumanda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Koreya va boshqa mamlakatlar va respublikamizning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlarini jarrohlik va transplantatsiya sohasidagi taniqli olimlari va amaliyotchi-mutaxassislari ishtirok etdilar. Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida yetakchi olim va amaliyotchilar, shu jumladan - Aydin universiteti (Istanbul, Turkiya) Medical Park klinikasi professorlari Doktor Bulent Unal va Doktor Abuzer Dirikan, A.M. Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot markazi (Sankt-Peterburg, RF) shoshilinch xirurgik yordam bo‘limi boshlig‘i professor Dmitriy Dvoryankin va shu markaz katta ilmiy xodimi Aleksandr Rastegaev, Novosibirsk viloyat klinik shifoxonasi (Novosibirsk, RF) transplantatsiya va jigar xirurgiyasi markazi boshlig‘i professor Ivan Porshennikov, Myongji Hospital (Koreya) professori Li Jeong Hun ishtirok etdilar.

  Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh jarrohi, professor Mirshavkat Akbarov, Aydin universiteti Medical Park klinikasi professori Doktor Bulent Unal, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh kobustiologi, professor Abdulaziz Fayazov, professor Dmitriy Dvoryankin va boshqalar zamonaviy jarrohlik sohalari dolzarb masalalarini sog‘liqni saqlash uchun uchun muhimligini, shuningdek, universitetlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik keng yo’lga qo’yilishi kerakligini ta’kidladilar.

  Anjumanni yalpi majlisda yuqori texnologiyali jarrohlik yo‘nalishidagi yutuqlar va rivojlanish istiqbollari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jarrohlik maktablarini to‘plagan tajribasi borasidagi ma’ruzalar tinglandi.

  Xalqaro forumning asosiy qismi sho’balarda olib borilib, ularda yuqori texnologiyali jarrohlik, transplantologiya, gerniologiya, bariatriya va kobustiologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha chiqishlar tinglandi. Xorijlik mutaxassislar va yosh olim-tadqiqotchilarning chiqishlari ishtirokchilarning alohida diqqat-e’tiborini tortdi.

  Turli mamlakatlar va respublikamiz olimlarini taqdim etilgan ilmiy va amaliy ishlanmalari mamlakatimiz sog‘liqni saqlash amaliyotidagi dolzarb muammolarni yanada hal etishga xizmat qiladi hamda respublikada transplantologiya, bariatriya va kobustiologiya sohalarini yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi.





SamDTU Matbuot xizmati