Samarqand davlat tibbiyot universiteti muntazam ravishda tibbiyot texnikumlari bilan ta'lim va ilmiy sohada hamkorlik qilib kelmoqda.
SamDTU Pediatriya fakulteti xirurgik kasalliklar kafedrasi xodimlari Samarqand viloyati Payariq tumanidagi tibbiyot texnikumida boʻldilar. Universitet vakillari texnikum talabalari uchun mahorat darslari hamda suhbatlar tashkil etdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida Payariq tumani tibbiyot texnikumi bilan ta’lim jarayonini yaxshilashga ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi haqida kelishib olindi.