×
Menu
Close Menu

​Rektor va yosh pedagog kadrlar uchrashuvi oʻtkazildi

  Joriy yilning 9-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.A.Rizayev hamda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olib, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida ilmiy- pedagogik faoliyatini olib borayotgan yosh kadrlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda malakali kadrlarning xorij tajribasini SamDTUga joriy etishlarining muhim jihatlari haqida soʻz bordi. Pedagogik kadrlar oʻzlarining barcha bilim va koʻnikmalarini ishga solib nafaqat universitetimiz balki butun Oʻzbekistondagi tibbiyot OTMlarini rivojlantirishga xizmat qilishlari zarurligi taʼkidlandi.

  “Oʻylaymanki, dunyoning yetakchi OTMlarining tajribalari Universitetimizni yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.“ — deydi SamDTU rektori Jasur Rizayev.









SamDTU Matbuot xizmati