Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetni eng yaxshi professor-oʻqituvchilari Ilmiy Kengashda eʼtirof etildi

  7 dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetini navbatdagi Ilmiy Kengashi boʻlib oʻtdi.

  Kengash ishini universitet rektori professor Jasur Rizayev ochib berdi va barcha jamoani “Tibbiyot xodimlari kuni” va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi bilan muborakbod etdi.

  Ilmiy Kengashda 2022 yil uchun “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan “Yilning eng yaxshi professori”, “Yilning eng yaxshi dotsenti”, “Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” va “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiya gʻoliblari eʼtirof etildi. Jumladan, “Yilning eng yaxshi professori” nominatsiyasi boʻyicha B.B.Negmadjanov (2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor), N.M.Shavazi (1-son pediatriya va neontologiya kafedrasi mudiri, professor), P.U.Urinbaev (Travmatologiya va ortopediya kafedrasi professori); “Yilning eng yaxshi dotsenti” nominatsiyasi boʻyicha M.M.Axmedova (DKTF pediatriya va umumiy amaliyot kafedrasi dotsenti), D.T.Rabbimova (Bolalar kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dotsent), F.S.Oripov (gistologiya, embriologiya va sitologiya kafedrasi mudiri, dotsent); “Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” nominatsiyasi boʻyicha K.A. Islamova (1-son ichki kasalliklar kafedrasi assistenti), R.R.Gafarov (urologiya kafedrasi assistenti), F.X.Boymanov (sud tibbiyoti kafedrasi v.b. dotsenti); “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha S.S.Usanov (odam anatomiyasi kafedrasi assistenti), D.Sh.Sabirova (endokrinologiya kafedrasi assistenti), J.B.Saidmuradova (bolalar stomatologiya kafedrasi assistenti) tantanali ravishda tabriklandi va esdalik sovgʻalar bilan ragʻbatlantirdilar.

  Ilmiy Kengashda kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrildi.





SamDTU matbuot xizmati