Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

  7 dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1-son davolash fakulteti tomonidan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda rektorat va dekanat masʼul xodimlari, Samarqand viloyat prokuraturasi katta tergovchisi J.Qosimov, Markaziy harbiy okrugidan kapitan Sh.Raimov, fakultet tyutorlari va talabalari ishtirok etdilar.

  1-son davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O.Zaripov kirish soʻzi bilan uchrashuvni ochib berib korrupsiya tushunchasini mazmun-mohiyati, uning zamonaviy jamiyatdagi koʻrinishlari haqida maʼlumotlar berdi va bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylanganini taʼkidladi. Uchrashuvda chiqish qilgan Samarqand viloyat prokuraturasi katta tergovchisi J.Qosimov, SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilganligi, bu borada har birimizdan hushyorlik va masʼuliyatlilik talab etilganligini, korrupsiya bor joyda haqiqat va adolat, hech qaysi bir sohaning rivojlanishiga, oldimizga qoʻygan maqsadimizga erisha olmasligimizni, yoshlarni korrupsiyaga qarshi huquqiy ongini oshirish, unga qarshi murosasiz munosabatini shakllantirish zaruratini batafsil tushuntirib berdilar.

  Uchrashuv jonli muloqot tarzida oʻtdi, barcha ishtirokchilar berilgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.




SamDTU matbuot xizmati