Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bagʻishlanib Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiy pedagogika, xalq tabobati va OHI fakultetining “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya — farovon hayotimizning garovi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbir bellashuv shaklida tashkil etildi va unda birinchi bosqich 2-son davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika, xalq tabobati va OHI fakultetlarining talaba-yoshlardan iborat jamoalar oʻzlarini ijodiy ishlanmalari bilan oʻzaro kuch sinadilar.
Talabalarimizni mohirona chiqishlari barcha bayramoldi tadbirni ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. Tanlov hayʼatini qaroriga koʻra, 1-oʻrin — 2-son davolash fakultetining “Demokratlar” jamoasiga, 2-oʻrin — tibbiy pedagogika xalq tabobati va OHI fakultetining “Konstitutsiya” jamoasiga, 3-oʻrin — pediatriya fakultetining “Qomus” jamoasi loyiq deb topildi.
Barcha gʻolib jamoalar vakillariga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.