Yoshlar oʻrtasida salbiy illatlarning oldini olish, ularning har taraflama sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun bugun jamiyatning har bir boʻgʻini ayniqsa taʼlim muassasalarining oʻrni katta hisoblanadi. Oliy taʼlim muassasalari ham bu ishga oʻzlarining hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Chunonchi 1-son Davolash fakulteti dekani Gʻ.U.Lutfullayev tashabbusi bilan 2022 yil 1-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash fakultetiga biriktirilgan “Mustaqillik” MFYga qarashli Samarqand shahar 30-sonli umum taʼlim maktabida “Yoshlar oʻrtasida tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyishning oldini olish” mavzusida targʻibot va tashviqot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Mustaqillik” MFY rasi R.M.Oʻroqov, mahalla xotin-qizlar kengashi raisi N.D.Shukurova, 30-sonli umum taʼlim maktabi direktori G.B.Raxmatova, maktab psixologi I.A.Asadova, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedra assistenti B.T.Toʻrayev hamda 1-son Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O.Zaripov, fakultet tyutorlari va mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida yoshlarning yot gʻoyalar, salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolishi va uning bolalar kelajagi shuningdek jamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida soʻz yuritildi.SamDTU jamoasi tomonidan Yoshlar oʻrtasida tamaki va alkogol mahsulotlariga ruju qoʻyishning sogʻlik uchun zararlari haqida gapirilib, bu holatlarning oldini olish va uni bartaraf qilish chora-tadbirlari xususida maʼlumotlar berildi.
SamDTU Matbuot xizmati