Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fransiya-Oʻzbekiston forumida SamDTU rektori ham ishtirok etmoqda

  Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parijda qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

  Xalqaro anjumanda Fransiya tomonidan 152 ta va Oʻzbekiston tomonidan 20 ta oliy taʼlim muassasasi rahbarlari, jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ham ishtirok etmoqda.

  Navbatdagi forum ishida Fransiya universitetlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, bir qator yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim va ikki tomonlama diplom beruvchi dasturlarni yoʻlga qoʻyish, fransuz mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli maʼruza oʻqish, seminarlarni tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

  Forum doirasida B2B formatida rektorlar uchrashuvi oʻtkazildi, forum doirasida Fransiyaning simulyatsion taʼlim yetakchilari hisoblanmish “HRV simulation ” kompaniyasi bilan memorandum imzolandi. Kelgusida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish va ushbu sohada simulyatsion taʼlimni joriy etishga yordam qiladi.



SamDTU Matubot xizmati