Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislari tayyorlash Markaziga tashrif

  25-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalarini boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularda vatanparvarlik tuygʻusini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash Markaziga tashrif uyushtirildi.

  SamDTU 1-son davolash fakulteti dekani Gʻ.U. Lutfullayev boshchiligida dekanat xodimlari va tyutorlar bir guruh talabalar markazdagi harbiy xizmatchilarning mashgʻulot jarayonlari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdilar.

  Shuningdek, tashrif davomida talabalar Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlarimiz salohiyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar va oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.


SamDTU matbuot xizmati