×
Menu
Close Menu

​SamDTU boʻlajak neyroxirurglari yetakchi xorijiy markazlarida malaka oshirdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan yosh mutaxassislarning xorijdagi hamkor oliy taʼlim muassasalarida akademik mobillik dasturlari doirasida tahsil olishiga alohida eʼtibor berilmoqda.

  SamDTUni neyroxirurgiya kafedrasining magistr-rezidenti Muhiddin Tilavqulov 2022 yil 20 sentabrdan — 20 noyabrgacha Nijniy Novgorod shahridagi (RF) Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasida professori I.A. Medyanik va dotsent A.Ye. Bokovlar rahbarligida akademik mobillik dasturi boʻyicha “Vertebrospinal neyroxirurgiya” mavzusidagi siklda tahsil oldi. Mazkur dastur doirasida magistrantimiz 100 dan ortiq operatsiyalarda, bemorlarni muhokama qilish konferensiyalarida, “Medikamentozlarga rezistent ogʻriq sindromida neyromodulyatsiya” va “Umurtqa pogʻonasi degenerativ deformatsiyalari” mavzularidagi ilmiy-amaliy kurslarida ishtirok etgan.

  Neyroxirurgiya kafedrasini 3-kurs magistr-rezidenti Bobur Abduvoyitov 2022 yil 08 noyabr – 21 noyabr kunlari Nyu-Dehli shahridagi (Hindiston) Aakash Super Speciality Hospital Neyroxirurgiya departamentida “Vertebrospinal endoneyroxirurgiya” mavzusidagi qisqa muddatli akademik mobillik dasturi boʻyicha tahsil olib qaytdi. B.Abduvoyitov oʻqish sikli davomida umurtqa pogʻonasi kasalliklarini, jumladan disk churralari, stenozlar, umurtqa chiqishlari va deformatsiyalarini zamonaviy spinal endoskop yordamida bajariluvchi operatsiyalarda ishtirok etib yetakchi professor-oʻqituvchilarining maʼruzalarida qatnashdi.

  Yosh mutaxassislarimizni xorijiy tajribani oʻzlashtirishlari va jahon tibbiyoti bilan integrallashishi yoʻlida SamDTUda olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar bugungi kunda sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning amaldagi ijrosini taʼminlaydi.




SamDTU matbuot xizmati