Kuz-qish hamda isitish mavsumi boshlanganligi munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteting 2 va 3-son talabalar turar joyida kuz-qish mavsumida elektr jihozlari hamda gaz tizimidan oqilona foydalanishga bagʻishlangan talabalar bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda profilaktika inspektori X.O.Eshmuradov, Samarqand shahar FVV boʻlimi inspektorlari O.Salimov, N.Gʻapparov, fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi xodimlari Sh. Xudoyqulov, V.Sayfullayev, Sh. Shadmanov va universitet vakillari talabalarga qishki mavsum davomida isitish jihozlari, elektr uskunalar va gaz plitalaridan toʻgʻri foydalanish, favqulodda holatlar yuzaga kelishini oldini olish, xonalarda oʻzboshimchalik bilan qoʻlbola va yaroqsiz isitish jihozlarini oʻrnatmaslik hamda is gazidan zaharlanishdan himoyalanish haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga masʼullardan atroflicha javob oldilar.
SamDTU matbuot xizmati