×
Menu
Close Menu

​“Sport — salomatlik garovi” shiori ostida musobaqalar oʻtkazildi

  19 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetini xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida pediatriya va tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik va xalq tabobati fakultetlari kafedralarining xotin-qizlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

  Tadbirni Universitet xotin-qizlar maslahat kengashini raisi G.I.Xudayberdieva ochib, sportning inson salomatligini mustahkam boʻlishidagi ahamiyati hamda sport turlari bilan shugʻullanish uchun universitetda yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida gapirib, ishtirokchilarga omadlar tiladilar. Musobaqalar sportning voleybol, masofadan savatga toʻp tashlash, arqon tortish turlari boʻyicha oʻtkazildi. SamDTU “Sport klubi” faollari musobaqalar davomida hakamlik qilib baholab bordilar.

  Sport tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtkazildi, yakunida gʻoliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Musobaqalarni boshqa fakultetlar kafedralari xotin-qizlari oʻrtasida ham oʻtkazish rejalashtirilgan.




SamDTU matbuot xizmati