Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni SamDTUda keng nishonlandi

  Har yil 18 noyabr respublikamizda Davlat bayrog‘i kuni sifatida nishonlanadi. Bundan 31 yil avval qabul qilingan Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini ifodalovchi yorqin ramzidir.

  17-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1-son talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 1-son davolash fakulteti tashabbusi “Bayrog‘imiz, faxrimiz” viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O’zR Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash Markazi harbiy xizmatchilari, SamDTU Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Zaripov hamda fakultet tyutorlari shuningdek, 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Viktorina qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi hamda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 3 - son talabalar turar joyida tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti va Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faollari tomonidan “Bir bayroq ostida birlashaylik” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

  18 noyabr kuni universitetning Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasida “18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar va talabalar davlat bayrog‘ining ahamiyati, uni ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni, davlatimiz ramzini ko‘tarish qoidalari haqida so‘zlab berdilar.

  Universitetning boshqa tarkibiy bo‘linma va kafedralarida ham Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.











SamDTU matbuot xizmati