10 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan farmatsiya fakulteti hamkorligida “Zoʻravonliksiz hayot va kiberxavfsizlik” mavzusida seminar tashkil qilindi. Uchrashuvda fakultet dekanati xodimlari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Seminarda soʻz olgan IIB xodimi, viloyat “Oqila ayollar” harakati faoli, podpolkovnik D.R.Xotamova, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, profilaktika inspektori O.X.Eshmuradov xamda fakultet dekan maslahatchisi Ch.A.Raimkulovalar tomonidan gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, jabrlanganlarga himoya orderlari berish tartiblari, oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, kiberxavfsizlik va uning mohiyati, kiberjinoyatchilik hamda ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish haqida keng tushunchalar berildi. Maʼruzachilar talaba-yoshlarni ogoh boʻlishga, ijtimoiy hayotda befarq boʻlmaslikka va yaxshi oʻqishga chaqirdilar. Seminar davomida mavzuga oid video rolik namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javob va maʼlumotlarni oldilar.
SamDTU matbuot xizmati