×
Menu
Close Menu

​SamDTU Vengriyaning Semmelweis Universiteti bilan hamkorlik qiladi

  Bugun Samarqandda “Turkiy Davlatlar tashkiloti”ning Samarqand Sammiti doirasida Oʻzbekiston-Vengriya biznes forumi oʻtkazilyapti.

  Biznes forum ishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan Vengriyaning “Semmelweis University” prorektori Dr. Attila Szabó rahbarligidagi delegatsiya bilan B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

  Semmelweis Universiteti tibbiyot va sogʻliqni saqlash fanlari sohasida Vengriya va Markaziy Yevropa mintaqasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Dasturlar uch tilda (vengriya, ingliz, nemis) taklif etiladi va xalqaro talabalar universitetning olti fakultetida tahsil olayotgan taxminan 14 000 talabaning deyarli uchdan bir qismini tashkil qiladi. Taʼlim, tadqiqot va davolashning yaxlitligi Semmelweis universitetini dunyoga mashhur bilim markaziga aylantirgan.

  Uchrashuv va muzokaralar natijasida, akademik mobillik, qoʻshma ilmiy loyihalar ( shu jumladan, doktorantura), qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish, telemeditsina, radiologiya, dermatovenerologiya, patologiya va master biznes administration ixtisosliklarida hamkorlikni pilot loyihalarini amalga oshirish haqida kelishib olindi. Shu jumladan, 2022-2023 oʻquv yili davomida 20 nafar SamDTU yosh ilmiy izlanuvchilarini Vengriyaning mazkur oliygohida malaka oshirishga yuborish masalalari boʻyicha ham kelishuvga erishildi.



SamDTU matbuot xizmati